Samarqand davlat universitetida aminokislotalarning spektral xususiyatlari o’rganilmoqda…

Samarqand davlat universitetida aminokislotalarning spektral xususiyatlari o’rganilmoqda…
Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi o’qituvchisi O’tkir Xoliqulov “Aminokislotalar va ularning eritmalaridagi molekulalararo ta’sirlarning tebranish spektrlarida namoyon bo’lishi” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari SamDU Muhandislik fizikasi instituti professori Abduvohid Jumaboyev.

O’tkir Xoliqulovning 30 ga yaqin maqolasi Germaniya, AQSH, Rossiya, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni, Ukraina kabi davlatlarning xalqaro jurnallari va konferensiya to’plamlarida e’lon qilingan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 6 maqolasi nashr qilingan. Hammualiflikda bir o’quv va uch uslubiy qo’llanmasi chop etilgan.

O’tkir Xoliqulov ERASMUS ning “INMACOM” xalqaro granti, “Biologik obyektlarning nanoo‘lchamli molekulyar klasterlarini o‘rganish va tatbiq qilishnnig spektroskopik hamda noempirik tahlil usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha va “Organik bo‘yoqlar bilan modifikatsiyalangan galoid perovskit kvant nuqtalarini sintez qilish va optik xususiyatlarini tadqiq etish” bo’yicha amaliy loyiha ishtirokchisi. Shuningdek, Muhandislik fizikasi institutidagi molekulyar spektroskopiya ilmiy laboratoriyasi mudiri.

U joriy yilning 14-fevral sanasida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Yosh olimning tadqiqoti suyuq eritmalardagi molekulyar komplekslarning hosil bo’lish mexanizmi va ulardagi molekulalararo ta’sirlarning spektral namoyon bo’lishini o’rganishga qaratilgan. Bu tadqiqot asosida farmasevtika va oziq-ovqat sanoatida muhim rol o’ynaydigan biologik obyektlarning spektral xossalari o’rganildi. Tadqiqotga oid 3 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr etildi.




Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

Ўхшаш янгиликлар

Янгиликка фикр ёзиш чоп этилган кундан 30 кун ичида мумкин.

Сўнгги янгиликлар

Shimoliy poytaxt Oʻzbekistonlik sayyohlarni tashrif buyurishga taklif qiladi

Sankt-Peterburg dunyodagi eng goʻzal shaharlardan biri boʻlib, u oʻz mehmonlariga qiziqarli vaqt oʻtkazish uchun koʻplab variantlarni...
12-11-2024, 15:42

Дональд Трамп муҳожирларни депортация қилиш қарорига изоҳ берди

АҚШда президентлик сайловларида ғалаба қозонган Дональд Трамп сайловолди кампаниясидаги оммавий депортация ҳақидаги ваъдасини бажаришдан...
12-11-2024, 15:30

Trillion qulaylik imkoniyatlari: har bir foydalanuvchi uchun METTA stullari

Qiziqarli fakt: METTA innovative ergonomics kompaniyasi har bir inson uchun Yer yuzida boshqа о’rindiqlardan farq qiluvchi o‘zigа xоs...
12-11-2024, 15:05

Ўзбошимчалик билан эгалланган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этиш ҳақидаги Қонун кучга кирди

Кеча, 8 ноябрь кунидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этишга оид Қонун кучга кирди....
8-11-2024, 22:46

Айрим тадбиркорларга тўланган солиғининг бир қисми қайтариб берилади

Ҳукумат Қарори билан тасдиқланган Низомга кўра, 2024-йил 1-октябрдан бошлаб туроператорлик ва меҳмонхона хизматларини кўрсатувчи...
8-11-2024, 22:44
Ўзбекистон янгиликлари » Жамият » Samarqand davlat universitetida aminokislotalarning spektral xususiyatlari o’rganilmoqda…