Курс валют
USD: 12 128.02 +29.90
EUR: 14 419.00 +65.79
RUB: 158.52 -0.12
Обновлено (ЦБ) 28.01.2026

Shimoliy poytaxt Oʻzbekistonlik sayyohlarni tashrif buyurishga taklif qiladi

Shimoliy poytaxt Oʻzbekistonlik sayyohlarni tashrif buyurishga taklif qiladi
Sankt-Peterburg dunyodagi eng goʻzal shaharlardan biri boʻlib, u oʻz mehmonlariga qiziqarli vaqt oʻtkazish uchun koʻplab variantlarni taklif etadi. Har bir inson klassik sayyohlik joylarini xaritada yaqinda paydo boʻlgan yangilari bilan birlashtirib, oʻziga xos qiziqarli joylarni topishi mumkin.

Sayyohlar Sankt-Peterburg bilan tanishishni Petr davridagi barokkodan tortib Shimoliy moderngacha uch asrlik me’moriy yodgorliklar toʻplangan shaharning tarixiy markazidan boshlaydilar. Mehmonlarga, shuningdek, muzeylarning boyligini va shahardagi gurkiragan madaniy hayot yoqadi. Peterburgning tashrif qogʻozlaridan biri bu Davlat Ermitajidir. Rossiyadagi eng qadimgi va eng mashhur xorijiy san’at toʻplami oʻz mohiyatiga koʻra Luvr, Metropoliten, Britaniya muzeyi kabi muzeylar bilan bir pogʻonada turadi.

Imperatorlik Sankt-Peterburgga sayohatni Petergof, Tsarskoye selo, Pavlovsk, Gatchina kabi saroy-park ansambllariga tashrif buyurib davom ettirish mumkin. Romanovlar sulolasining sevimli qarorgohlaridan biri Tsarskoye Selodir. Uning hududida Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin oʻqigan Tsarskoye Selo litseyi, shuningdek, Qahrabo xonasi bilan mashhur boʻlgan hashamatli Ekaterina saroyi joylashgan. Koʻpchilik bu sehrli makonni koʻrishni orzu qiladi va hatto uni dunyoning sakkizinchi moʻjizasi deb ataydi.

Sankt-Peterburgda sayohat qilish uchun keng imkoniyatlar bu bilan cheklanmaydi. Shaharda har yili yangi sayyohlik va madaniy geografiyaning kreativ joylari bilan megapolisning zamonaviy qiyofasini ochib beradigan yangi yoʻnalishlar paydo boʻlmoqda. Shaharda turizmning oʻziga xos turlari ham faol rivojlanmoqda. Sayohatchilar sanoat ob’ektlari boʻylab gʻayrioddiy ekskursiyaga tashrif buyurishlari, dam olish kunlarini sogʻlomlashtirish kurortida oʻtkazishlari yoki yangi gastronomik kashfiyotlar qilishlari mumkin.

Peterburg Rossiyaning boshqa mintaqalari bilan tanishish uchun ideal boshlangʻich nuqta boʻlishi mumkin. "Ikki shahar - million taassurotlar" loyihasi Sankt-Peterburg va Moskvaga tashrif buyurish bilan noodatiy yoʻnalishni tuzishga yordam beradi. Qahraton shimoliy tabiatning goʻzalligini, tarix va madaniyatning boyligini kashf etishni istaganlar uchun "Rossiyaning kumush marjonlari" deb nomlangan mintaqalari boʻylab sayohatlar mos keladi.

Tadbirlarni rejalashtiruvchilar uchun shahar noyob koʻrgazma va kongress maydonchalari, turli format va toifadagi mehmonxonalar, rivojlangan transport tarmogʻi, koʻplab ekskursiya dasturlarini taklif etadi. Har yili Rossiyaning Shimoliy poytaxtida turli miqyosdagi yuzlab biznes forumlar oʻtkaziladi. Shu jumladan, Peterburg xalqaro rotatsiya tadbirlarini oʻtkazishda katta tajribaga ega. Kongress-koʻrgazma byurosi Nevadagi shaharni ishbilarmonlik turizmi sohasida targʻib qilish bilan shugʻullanadi.

21-23 noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan "Ipak yoʻlidagi turizm 2024" Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasidagi shahar stendida Sankt-Peterburgdagi joriy turistik takliflar haqida koʻproq bilib olishingiz mumkin.
Новости Узбекистана
Комментарии
Последние новости

В Андижанской области СГБ раскрыла нарколабораторию по изготовлению синтетических наркотиков

В пресс-службе Службы государственной безопасности Республики Узбекистан сообщили о выявлении нарколаборатории в
Сегодня, 20:48

В Навоийской области Бизнес-омбудсмен защитил права фермера в суде

В пресс-службе Уполномоченного при Президенте Республики Узбекистан по защите прав и законных интересов субъектов
Сегодня, 20:41

В 2025 году промышленность Узбекистана выросла на 6,8% до 1,1 квадриллиона

По предварительным данным Национального комитета Республики Узбекистан по статистике, в 2025 году в стране произведено
Сегодня, 20:36

Деятельность банды чёрных старателей пресекли в Навои

В пресс-службе Службы государственной безопасности Республики Узбекистан сообщили о пресечении деятельности лиц,
Сегодня, 20:27

29 января Шавкат Мирзиёев проведёт в Анкаре переговоры с Эрдоганом

В пресс-службе Президента Республики Узбекистан сообщили, что Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по
Сегодня, 18:50