U dorivor o’simlik bo’lib, buta, oziq-ovqat sifatida ham ishlatiladi. Qadimgi Xitoy tabobatida yurak xastaligi, buyrak va buyrak tosh kasalliklarini davolashda qo’llanilgan.
Zamonaviy farmakologiya tadqiqotlari uning, ya’ni qora gojining antioksidantlik, charchoqqa, diabetga qarshi, yurak-qon tomir va asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, oshqozon sanchig'i, sariq kasalligida, nafas olish qiyinlishuvida va boshqa ko'plab farmatsevtik ta'sirga ega ekanligini tasdiqladi.
Asosan tibbiyotda ildizi, bargi va mevasidan foydalaniladi. O’simlik mevalarida juda ko'p antosiyaninlar mavjud, ushbu pigmentlar tabiiy oziq-ovqat bo'yoqlari sifatida keng qo'llaniladi. Qora goji mevalari tarkibida organik kislotalar, minerallar, vitaminlar, antosiyaninlar, polifenollar, flavonoidlar, polisaxaridlar mavjud.
Mevalari qaynatmalar, damlamalar, quritilgan holatda va barglaridan esa damlab iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, turli preparatlar shaklida ishlab chiqariladi.
Shuningdek, qora gojining ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan bo’lib, eroziyani oldini oladi.
Nodira Nurillayeva
Samarqand davlat universiteti
botanika kafedrasi o’qituvchisi, PhD.