Eng foydali parhez taom qaysi go‘shtdan tayyorlanadi…

Eng foydali parhez taom qaysi go‘shtdan tayyorlanadi…
Ushbu jonzotning go‘shti o‘zining kimyoviy, morfo-biokimyoviy va texnologik sifatlari, biologik qiymati bilan boshqa hayvonlar go‘shtidan ustunlik qiladi. Bugungi kunda uning 90 ga yaqin zotlari bo‘lib, ulardan go‘sht va mo‘yna yetishtirish maqsadida foydalaniladi

Uning go‘shti isteʼmol qilinganida tarkibidagi oqsilning 90 foizi organizm tomonidan o‘zlashtirilsa, qoramol go‘shtida esa bu ko‘rsatkich 62 foizni tashkil qiladi. Biz sizga tasvirlayotgan, yaʼni quyon go‘shti parhez mahsuloti sifatida birinchi o‘rinda turadi. Chunki, uning tarkibida minimal darajadagi xolestirin mavjud.

Uni muntazam isteʼmol qilish teri va shilliq qavatlarning holatiga ijobiy taʼsir etadi. Quyon go‘shti keksalar, bolalar hatto emizikli onalar isteʼmoli uchun ham tavsiya etiladi.

Ushbu ozuqa tarkibida biologik to‘yimli va energetik moddalardan to‘laqonli yengil hazm bo‘luvchi oqsillar (19 xil almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar), yog‘lar (asosan to‘yinmagan yog‘ kislotalari), bir qator biologik faol moddalar, vitaminlar (B vitaminlari kompleksi), temir, fosfor, kobalt, marganes, ftor, kaliy hamda boshqa minerallarga boy bo‘lib, tarkibi jihatdan qolgan hayvonlar go‘shtiga nisbatan yuqori o‘rinlarda turadi. Shuningdek, quyon go‘shtida natriyli tuzlar kam miqdorda uchraydi.

Go‘shtning tarkibidagi meniral moddalar organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Ular suyaklarni mustahkamlaydi va tananing tabiiy funksiyalarini boshqaradigan hujayralar ishini tartibga soladi.

Organizmdagi temir tanqisligi, anemiya, surunkali charchoq va qizil qon tanachalarining yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi kabi muammolarni oldini olish uchun quyon go‘shtini isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Quyon go‘shti allergiya chaqirmaydi. U ko‘plab kasalliklar, jumladan diabet yoki oshqozon-ichak muammolari bor insonlar, bolalar va keksa yoshdagilar uchun eng kerakli mahsulot hisoblanadi.




Gulchehra Abdurazzoqova,
Samarqand davlat universiteti
Biokimyo instituti magistranti.
Davron Hayitov,
Vivariy ilmiy laboratoriyasi mudiri.

Ўхшаш янгиликлар

Янгиликка фикр ёзиш чоп этилган кундан 30 кун ичида мумкин.

Сўнгги янгиликлар

Shimoliy poytaxt Oʻzbekistonlik sayyohlarni tashrif buyurishga taklif qiladi

Sankt-Peterburg dunyodagi eng goʻzal shaharlardan biri boʻlib, u oʻz mehmonlariga qiziqarli vaqt oʻtkazish uchun koʻplab variantlarni...
12-11-2024, 15:42

Дональд Трамп муҳожирларни депортация қилиш қарорига изоҳ берди

АҚШда президентлик сайловларида ғалаба қозонган Дональд Трамп сайловолди кампаниясидаги оммавий депортация ҳақидаги ваъдасини бажаришдан...
12-11-2024, 15:30

Trillion qulaylik imkoniyatlari: har bir foydalanuvchi uchun METTA stullari

Qiziqarli fakt: METTA innovative ergonomics kompaniyasi har bir inson uchun Yer yuzida boshqа о’rindiqlardan farq qiluvchi o‘zigа xоs...
12-11-2024, 15:05

Ўзбошимчалик билан эгалланган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этиш ҳақидаги Қонун кучга кирди

Кеча, 8 ноябрь кунидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этишга оид Қонун кучга кирди....
8-11-2024, 22:46

Айрим тадбиркорларга тўланган солиғининг бир қисми қайтариб берилади

Ҳукумат Қарори билан тасдиқланган Низомга кўра, 2024-йил 1-октябрдан бошлаб туроператорлик ва меҳмонхона хизматларини кўрсатувчи...
8-11-2024, 22:44
Ўзбекистон янгиликлари » Жамият » Eng foydali parhez taom qaysi go‘shtdan tayyorlanadi…