"400 минг сўм" - Барча талабалар бир хил стипендия олади. Лекин...

"400 минг сўм" - Барча талабалар бир хил стипендия олади. Лекин...
АОКАда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги раҳбарияти иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

Унда стипендиялар бўйича ҳам маълумот берилди.

Маълум бўлишича, давлат гранти ва тўлов-контрактда ўқийдиган барча талабаларга бир хил 400 минг сўм стипендия белгиланади. Ҳозирда битирувчи курс талабаларига эски тизим сақлаб қолинади, яъни улар аввалгидек «3», «4», «5»лик стипендия тартиби сақлаб қолинади.

Шунингдек, яхши ўқиган, илмий ва жамоатчилик ишларида фаол бўлган талабаларга ОТМ ректорлари томонидан стипендиянинг 50%игача (200 минг сўмгача) миқдорда қўшимча рағбатлантириш тартиби жорий қилинади. Бундай қўшимча стипендияни кимга беришни ректорлар ҳал қилади.

Ундан ташқари, давлат грантида ўқиётган талабалар агар семестр якунида 30%дан ортиқ фанлардан 3 баҳо олса, келгуси семестрда стипендия олиш ҳуқуқидан маҳрум бўлади. Президент ва номдор стипендияларни олган талабалар учун стипендия миқдори сақлаб қолинади.

Ўхшаш янгиликлар

  1. Sanobar 5 октябр 2019 22:08
    Toʻgʻri yuqorida Abduraxmon gapiga qoʻshilaman bazi qoshtirnoq ichida gi muallimlarga ancha yaqshi sharoit boʻldi.nega grantlar 30% darslikdan 3 bolip ketsa qolgan semestrdan butunlay stependiyasiz qoladi.hech boʻlmasa avvalgidek bir oylik stependiyadan mahrum qilsa ham boʻlardi
  2. Madina 13 сентябр 2019 13:08
    Menimcha bunday qaror chiqarishdan oldin talabalarning barchasi bilan surovnoma otkazish kerak edi. Hammaga bir xil stependiya bolgandan keyin Kim ham yaxshi oqishga harakat qilar edi bechora talabalarga yana qanday noinsoflik bor bundan ortiq. Endi oqishdagi darslar yetmaganday yana ishlash ham kerak. 90% talabalar stipendiyaga qarab yashaydi kontrakt tolash ham o'zi emasku axir eski tizim bo'yicha bo'lish kerak. Shunda barchaga qulayroq bolar edi. Kontrakt narxi oshishiniku aytmasa xam boladi. Bu holatda xalq savodsiz Bo'lin ketmaydimi. Odiy ishchilarni farzandi qanday qilib shuncha kontrakt to'laydi.Mansabdor shaxslar oyogi ostidagilarni o'ylashsa yaxshi bo'lar edi.
  3. Zarina 12 сентябр 2019 00:48
    Bir tomoniga tushunmayapman nima un 400 ming hech bolmasa barcha un bir xil ortacha 4lik stipendiya joriy qilinsa bolardiku ana endi domlolarni koramiz bitta 3 un endi qanaqa yelib yugurishimiz kerak ekanligini oylasam .... ozi shundogam bizani fakultetda oqish qyn edi na pul utadi na tanka va na harakatga nisbatan ragbatlantirish bor albatta bu barcha domlolar shunaqa degani emas lkn aksariyati shunaqa endi nima qilishimiz kerak uqimaylikmi? Nima un kontrak tulovi kunduzgi talimda oshdiyu lkn sirtqida kamaydi kunduzgi talimda uqiyotgan talabalar ham uqisin ham sessiya yopsin ham ishlasinmi chunki 400 ming hech kimga yetmaydi endi 90% student uqishdan tashqari ishlashi aniq lkn sirtqi talimda uqiydiganlar darsga kelmaydi arzon narxda kantrak tulaydi uqishi tugagandan kyn diplomini oladi ketadi ungacha esa ishlab uzi ishlayotgan joyda diplomiga mos ushga allaqachon joylashib olgan buladi bu nima degani bu degani diplomni pulga sotib olib ketish bilan teng degani emasmi kim izoh beradi bunga nima un talabalar savollariga javob berishdan uzlarini olib qochishayapti kimdan javob olaylik savollarimizga
  4. Abduraxmon 11 сентябр 2019 16:18
    Stipendiyaning bir xilligi-ku yaxshi, ammo davlat granti asosida o'qiysigan talabalarga 30% o'zlashtirolmaslik, undan keyingi holat ba'zi bir qo'shtirnoq ichidagi domlalarga bundan foydalanishga sharoit bo'lib qolmasmikan. Chunki ba'zi bir talabalarimiz, bazi paytlarda stipendiya puliga yashashadi, shuni unutmaslik kerak...
  5. Zarina 11 сентябр 2019 09:57
    Bu qarorni chiqargan mutasaddi tashkilotlar va shaxslar nima un va nimaga asoslanib 400 ming sumlik stipendiyani tashkil qiliwganini va 400 ming sumni qanaqa qilib amallab hech bulmasa 1 haftaga yetkazishimizni izohlab berishsin iltimos
  6. Aziz 10 сентябр 2019 20:23
    Kimga kerak bo‘lsa o‘qiydi sizlar stipendiya uchun o‘qiysizlarma bu domlani daromat kamaydi degami
  7. Jamol 10 сентябр 2019 19:05
    Bo'ldimi endi 1 2 3 kurs talabalari bir xil stependiya oladimi?
  8. Axror 10 сентябр 2019 18:27
    Mana sizlarga yangi istemol savatchasi kontrakt 12085000 stipendiya 400000 sòm yotoqxona 2000000 yiliga kvartira oyiga 300000 sòm oziq ovqat habaringiz bor
  9. Ibrphim 10 сентябр 2019 17:46
    Ha zo'r deymizda. Chunki hammayam o'ziga gap yuqtirgisi, o'zi ta'lim olayotgan o'quv yurtining domlalariga, dekanlariga, rektorlariga yomon ko'ringisi kelmaydi. Lekin o'ylab ko'raylik, yotoqxonada 2 mln so'm pul to'layotgan(kontraktda o'qiyotgan bo'lsada to'liq to'lovni
    amalga oshirish kk boshidanoq), 11 mln so'm kontrakt to'layotgan talaba un adolatlimi bu qaror. Oddiy hisoblagandayam, o'rtacha 70-80 ming so'mi yo'lkiraga(talabalar shaharchasida yashab masalan moliya institutiga qatnasa), 200-250 Ming so'mi bir oylik yashashiga kettiyam deylik. Keyin qancha qoladi!? 100 mingmi? Bu eng kamxarj qilib hisoblanganda!!! Shu qolgan 100 Ming so'mga Bola ingliz tilini, buxgalteriyani o'rganishi kk, xalqaro sertifikatlar olishi kk. Ammo, vaholanki toshkent shahrida o'rtacha 1 oylik ingliz tili kursi 400-450 Ming, buxgalteriya kursi ham shunday deyarli. Hali xalqaro sertifikatlarni qo'ya turing oddiy kurslar haqida gap ketyapti. Bularni o'rganmay desa, 1 chidan o'zi uchun zarur, ikkinchidan institut rahbariyati tomonidan talab etiladi. Ta'lim sifatini aytmasayam bo'ladi. Aytishadi, talabalardayam ayb ko'p, o'zlariyam o'qimaydi deb, balki haqiqatga yaqindir. Lekin ertak eshitish bn Bola bilimli bo'lib qolmaydi. Qayerdadir o'qib qoldim 400 Ming qilib belgilangaligiga sabablardan biri sifatida talabalarni kontraktlarini to'lashga yengilliklar yaratish sabab keltirilgan. Vaholanki, bu holda faqat 3 chilar(o'zimizni til bn aytganda) foyda ko'radi xolos. 25 ming so'mdan o'rtacha 6 oyda 150 ming so'm. 4 , 5chilar esa Juda katta zarar ko'radi. Yana bir sabab qilib korruptsiyani oldini olish qilib ko'rsatilgan. Bilmadimku ana endi ko'rasizlar korruptsiya qanchalar avj olishini. Nimaga deysizmi? 3 ta fandan 3 baho olib keyingi semestr butunlay stipendiya ololmay qolishdan qo'rqqan talaba bermaydi deb o'ylisizmi? Domla 6 oylik stipendiyang muhimmi yoki 150 Ming so'm desa siz qay birini tanlaysiz?
    PS: bular shunchaki shaxsiy qarashlar!!! Utopiya, qisman mavjud va mavhum!!!
  10. Jaxa 10 сентябр 2019 16:19
    Yangi qadamlar. Bu yaxshi. Oliy ta'limni to'liq isloh qilish kerak va tezroq.
  11. Abdulaziz 10 сентябр 2019 16:17
    Nachora, 400000 somni ham tejab tergab ishlatamizdaaa. Zoʻr oʻqigan Aligayam oʻqimagan Valigayam bir xil step. Ana endi hech kim oʻqimaydi!!!
Янгиликка фикр ёзиш чоп этилган кундан 30 кун ичида мумкин.

Сўнгги янгиликлар

Shimoliy poytaxt Oʻzbekistonlik sayyohlarni tashrif buyurishga taklif qiladi

Sankt-Peterburg dunyodagi eng goʻzal shaharlardan biri boʻlib, u oʻz mehmonlariga qiziqarli vaqt oʻtkazish uchun koʻplab variantlarni...
12-11-2024, 15:42

Дональд Трамп муҳожирларни депортация қилиш қарорига изоҳ берди

АҚШда президентлик сайловларида ғалаба қозонган Дональд Трамп сайловолди кампаниясидаги оммавий депортация ҳақидаги ваъдасини бажаришдан...
12-11-2024, 15:30

Trillion qulaylik imkoniyatlari: har bir foydalanuvchi uchun METTA stullari

Qiziqarli fakt: METTA innovative ergonomics kompaniyasi har bir inson uchun Yer yuzida boshqа о’rindiqlardan farq qiluvchi o‘zigа xоs...
12-11-2024, 15:05

Ўзбошимчалик билан эгалланган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этиш ҳақидаги Қонун кучга кирди

Кеча, 8 ноябрь кунидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер ва ундаги кўчмас мулкка мулк ҳуқуқини эътироф этишга оид Қонун кучга кирди....
8-11-2024, 22:46

Айрим тадбиркорларга тўланган солиғининг бир қисми қайтариб берилади

Ҳукумат Қарори билан тасдиқланган Низомга кўра, 2024-йил 1-октябрдан бошлаб туроператорлик ва меҳмонхона хизматларини кўрсатувчи...
8-11-2024, 22:44
Ўзбекистон янгиликлари » Жамият » "400 минг сўм" - Барча талабалар бир хил стипендия олади. Лекин...